7 Avgust 2018 Yil 6597

Diqqat, radar!

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining topshirig‘iga binoan shahar yo‘llarida “Diqqat radar!” belgisi o‘rnatilmoqda. Shu sababli sizdan yo‘llarda diqqatli bo‘lishni va ushbu belgini inkor etmaslikni so‘raymiz. Zero, ushbu belgilar ostidagi hududlarda statsionar yoki mobil radarlar o‘rnatilganini unutmang.

Mazkur qurilmalar avtomatik ravishda real vaqt rejimida tezligi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lgan transport vositalarini aniqlaydi va uning raqami, voqea sanasi va vaqti hamda manzilini “O‘zbekiston pochtasi” Toshkent shahar filialining ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga yuboradi. Qoidabuzarga esa bu haqda pochta orqali ma’lumot yuboriladi.

Bu esa qoidabuzar va YPX xodimining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatishiga imkon qoldirmaydi va korrupsiyaning oldini olgan holda tomonlarning vaziyatga aralashuviga chek qo‘yadi.

Shu munosabat bilan barcha haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqiramiz. Hayotingizni tahlikada qoldirmang! Shoshilish, sizni o‘zingiz istamagan “manzilga” olib borishi mumkin!!!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech