12 May 2022 Yil 1393

Chilonzor tumanida sodir boʼlgan YTH haqida maʼlumot

2022 yil 12 may tungi soat 03.00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh koʼchasida 1999 yilda tugʼilgan U.M. «Spark» rusumli (davlat raqami 01 Р 337 НВ) avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarib, tezlikni oshirishi oqibatida rul boshqaruvini yoʼqotgan va yoʼlni ajratib turuvchi qismidagi beton ustunga urilgan.

YTH natijasida avtomobil haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Аvtomobil yoʼlovchisi – 1995 yilda tugʼilgan K.Sh. shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlarning saʼy-harakatlariga qaramasdan vafot etgan. Vafot etganlarning oila aʼzolariga hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Tergov davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech