IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
12 Sentyabr 2021 Yil 4080

Chilonzor tumanida ro‘y bergan hodisa haqida

Internet tarmog‘ida IIО xodimlari va fuqarolar o‘rtasidagi ziddiyatli vaziyat aks etgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

2021 yil 12 sentyabr' kuni taxminan soat 12:20 larda Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va KXAY ko‘chalari kesishmasida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektorlari «Cobalt» (davlat raqami 01 Z 418 FB) avtomobil' haydovchisi 35 yoshli B.Ulug‘bekni yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun to‘xtatgan.

Ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga bayonnoma rasmiylashtirish jarayonida yo‘l chetida to‘xtab turgan avtomobil' haydovchisi 29 yoshli T.Ramazon aralashgan va xodimlarning qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilib, janjal ko‘targan hamda ichki ishlar organi xodimiga faol qarshilik ko‘rsatib, tan jarohati yetkazgan.

Huquqbuzarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yish maqsadida yaqin orada xizmat olib borayotgan PPX xodimlari yetib kelishgan. IIO xodimlari T.Ramazonni yaqin oradagi IIBga olib ketish uchun transport vositasiga utqizish jarayonida aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Janjal ishtirokchilari Chilonzor tumani IIO FMBga olib borilgan. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy faoliyatiga qarshilik ko‘rsatgan barcha fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ularning qilmishiga huquqiy baho beriladi va ularga nisbatan qonuniy chora ko‘riladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech