19 Avgust 2021 Yil 1654

Yunusobod tumanida ro'y bergan YTH to'g'risida ma'lumot

2021 yil 19 avgust kuni taxminan soat 01:30 da Yunusobod tumani Bog'ishamol ko'chasida 31 yoshli R.S. “Lacetti” rusumli avtomobilni (davlat raqami 01 635 YHA) boshqarish davomida mast holatda bo'lgan va yo'lni belgilanmagan joydan kesib o'tmoqchi bo'lgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda - 51 yoshli A.Sh. jarohatlar tufayli voqea joyida hayotdan ko'z yumdi. Marhumning yaqinlariga ta'ziya izhor etamiz.

Mazkur fakt bo'yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi. Tergov davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech