IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
23 Noyabr 2021 Yil 222

Mirobod tumani IIO FMB tashabbusi bilan “Biz sog'lom oilamiz” shiori ostida musobaqa o'tkazildi

Mirobod tumani shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha uchinchi sektori rahbari – tuman IIO FMB boshlig'i polkovnik M. Аtanazarov tomonidan sog'lom turmush tarzi tashviqoti, aholini jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb qilish bo'yicha maqsadli ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda doimiy ravishda jismoniy tarbiya tadbirlari o'tkazilib, sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etilmoqda.
Yaqinda 3-sektor rahbarining tashabbusi bilan hokimlik, Turizm va sport vazirligining tuman bo'linmasi bilan hamkorlikda 110-son o'rta maktabda tuman aholisi o'rtasida “Biz sog'lom oilamiz” shiori ostida musobaqa o'tkazildi. Musobaqada nafaqat 22-son, 328-son va 94-son maktab o'quvchilari, balki ularning ota-onalari, buvi va buvalari qatnashishdi.
Tashkilotchilar tadbirni o'tkazishdan fuqarolarni salomatligini mustahkamlash, sportni ommalashtirish, barcha yosh vakillariga sport bilan shug'ullanish uchun sharoit yaratish, shuningdek oilalarda sog'lom turmush tarzini rivojlantirishni maqsad qilishdi.
Musobaqa yakuni bo'yicha g'oliblarga faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg'alar topshirildi. Tadbir yakunida maktablarning iqtidorli o'quvchilari ishtirokida kontsert dasturi tashkil etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech