IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
13 Avgust 2021 Yil 2072

“Beshchinor” mahallasidagi holat toʻgʻrisida yolgʻon ma’lumotlar tarqamoqda

Internet tarmogʻida Chilonzor tumani “Beshchinor” mahallasida joylashgan tadbirkorga tegishli bino profilaktika inspektori tashabbusi bilan buzilayotgani toʻgʻrisida videolar tarqamoqda. Toshkent shahar IIBB mazkur xabarlar yolgʻon ekanligini ma’lum qiladi.

 

38 yoshli Mirtoxir S.ga tegishli boʻlgan doʻkon tegishli hujjatlarsiz qurilib, faoliyat yuritayotgani ma’lum boʻldi. Shu munosabat bilan ilgari unga hujjatlarni tartibga keltirish haqida ogohlantirish berilgan. 

 

Joriy yilning 12 avgust kuni Chilonzor tumani IIO FMB 1-son ichki ishlar boʻlimi profilaktika inspektori kapitan Shuhrat Azamov “Beshchinor” mahallasida yashovchi fuqarolardan Chilonzor tumani IIO FMBga kelib tushgan murojaatlar boʻyicha yuqoridagi manzilga yetib kelgan. Fuqarolar doʻkon yonida tungi vaqtda shubhali shaxslar toʻplanishi, ularning kelishmovchiliklaridan shovqin-suron koʻtarilishini ma’lum qilishgan. Mirtoxir S. va uning tanishi 34 yoshli Abugʻaffor X. muammoni hal qilish oʻrniga ichki ishlar organlari xodimini haqorat qilib, uning qonuniy talablariga bo’sunmagan. 

Natijada Abdugʻaffor X.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) va 194-moddasi (“Ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirildi. Mirtoxir S.ga nisbatan ham Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 194-moddasi boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirildi. Sud tomonidan ularga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech