20 Oktyabr 2021 Yil 1684

Bankomatni oʻmargan shaxs “issiq izdan” qoʻlga olindi

Olmazor tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga koʻra, 9-oktabrdan 10-oktabrga oʻtar tunda noma’lum shaxslar banlklarning birining bankomatini ochib, undan ichida 396.300.000 soʻm boʻlgan 3 ta qutini olib ketishgan. Mazkur fakt asosida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻrilik) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan koʻrilgan choralar natijasida gumonlanuvchilar – 25 yoshli Abdusamad A., 28 yoshli Murodjon A., 26 yoshli Ulugʻbek A. va 25 yoshli Muzaffar M.lar qoʻlga olindilar. Tergov davom etmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech