5 Март 2022 йил 1591

Аvtomobil olib qochganlikda gumonlanuvchi shaxs Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan qo'lga olindi

27-fevral kuni Sergeli tumani IIO FMBga 45 yoshli Umidjon S. murojaat qilib, ko'chada qoldirgan “Spark” rusumli avtomobili olib qochilganligini ma’lum qildi. Tez orada gumonlanuvchi – 32 yoshli Husan H. Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan qo'lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (“Transport vositasini olib qochish”) bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech