26 Noyabr 2021 Yil 538

Аvtomobil eshiklarini ochiq qoldirmang

Olmazor tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko`ra, 8-noyabr kuni soat 03.30 dan 08.00 ga qadar bo`lgan vaqt oralig`ida noma’lum shaxs 22 yoshli Mirabbos E.ga tegishli bo`lgan “Lasetti” avtomobilining eshigi ochiq qoldganidan foydalanib, salondan videoregistrator va 220 АQSh dollarini o`g`irlab ketgan. Mazkur fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Ko`rilgan choralar natijasida o`g`rilikda gumonlanuvchi – 16 yoshli Sh.T. qo`lga olindi. Tergov davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Аvtomobilingizni eshiklari ochiq holda tashlab ketmang va qimmatbaho buyumlaringizni qarovsiz qoldirmang!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech