Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar “Аbdulla Qodiriy” metro bekati oldida fuqarolar oʼrtasidagi janjal aks etgan video tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz. Joriy yilning 12 mart kuni taxminan soat 17.30 larda Yunusobod tumani Markaz-4 dahasidagi “Аbdulla Qodiriy” metro bekati oldida joylashgan doʼkonlardan biridagi sotuvchi 1999 yilda tugʼilgan Z.N. sobiq sotuvchisi 1999 yilda tugʼilgan M.F. bilan kiyim masalasida oʼzaro gap talashib qolishgan, ularning mojarosiga M.F.ning onasi 1980 yilda tugʼilgan M.F. va Z.N.ning singlisi 2003 yilda tugʼilgan Z.D. aralashgan, natijada bu mojaro janjalga aylanib ketgan. Shu yerda boʼlgan 1998 yilda tugʼilgan Gʼ.L., 1973 yila tugʼilgan V.O. ularni ajratishga harakat qilishgan. Fuqaro 1999 yilda tugʼilgan M.F. yengil jarohat olgan.
Holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʼtkazilmoqda, yakuni boʼyicha qonuniy qaror qabul qilinadi.