IIBB yangiliklari:
Haydovchilar avtomobil kalitini o't oldirgichda qoldirmang!
4 Avgust 2021 Yil 2998

Blogerlar tomonidan tarqatilayotgan bolalar maydonchasining buzilishi haqidagi ma’lumot haqiqatdan yiroqdir

Internet tarmogʻida Yunusobod tumanida bolalar maydonchasi buzilayotgani tasvirga tushirilgan foto- va videolar joylandi. Mazkur fakt boʻyicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Yunusobod tumanida joylashgan “Matonat” mahallasi hududida “Obod mahalla” dasturi amal qilmoqda. Shu sababli videolar mualliflari tomonidan e’lon qilingan bir nechta xabarlardagi bolalar maydonchasida eski konstruksiyalar ularni zamonaviy, xavfsiz va chiroyli boʻlgan turlariga almashtirish maqsadida olib tashlanmoqda. Eski uchta konstruksiyalar oʻrniga yettita yangisini oʻrnatish, shuningdek shiyponcha va bolalar uchun qumdon tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Yuqoridagi mahallada jami uchta bolalar maydonchalarini ta’mirlash koʻzda tutilgan. Joriy yilning 3-avgust kuni “Obod mahalla” dasturi ijrosi maqsadida “Matonat” mahallasida 80 nafar ishchilar boʻlishgan, 4-avgust kuni esa jarayonni tezlashtirish maqsadida ishchilar soni 200 ga yetkaziladi.

Shuningdek bolalar maydonchasidagi oʻzgarishlar Prezidentning mazkur hududga yaqindagi tashrifi bilan bogʻliqligi haqidagi ma’lumot ham ishonchsizdir. Aslida davlat rahbarining yoʻnalishida ushbu hudud boʻlmagan.

Hurmatli blogerlar! Biz sizdan ishonchliligini oʻzingiz shaxsan tekshirib koʻrmagan ma’lumotni joylamaslikni soʻraymiz.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech