1 Iyun 2018 Yil 3445

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish Markazida kino va estrada yulduzlari bolalarni bayram bilan qutladilar

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir taqdir taqozosi bilan bu yerga kelib qolgan o‘g‘il-qizlarning xotirasida bir umr saqlanib qoladigan bo‘ldi. Adliya vazirligi mutaxassislari bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyasida ularning huquqlari to‘liq kafolatlanganligini ma’lum qildilar.

Shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlod xavfsizligiga oid mavzular bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Bolajonlarga yo‘l harakati qoidalariga amal qilish zarurligi, kompyuter o‘yinlari va internetning salbiy oqibatlari haqida tushuntirib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida Markaz tarbiyalanuvchilariga mehmonlarning sovg‘alari topshirildi. Turli o‘yin va musobaqalar, quvonchli lahzalarga boy o‘tgan marosim kechga tomon davom etdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech