E'LON

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda quyi tizimlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash maqsadida “Eng yaxshi profilaktika inspektori”, “Eng yaxshi tergovchi”, “Eng yaxshi tezkor xodim”, “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshligʼi” nominatsiyalari boʼyicha tanlov eʼlon qiladi. Tanlovga qabul jarayoni joriy yilning 18 sentabr kuniga qadar soat 09:00 dan 17:00 gacha Toshkent shahar, Mirobod tumani, Said Baraka koʼchasi, 7-uyda joylashgan Toshkent shahar IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati binosidagi 117-xonada boʼlib oʼtadi. Ishtirokchilarga qoʼyiladigan talablar: - koʼrik tanlovda yoshi, jinsi, lavozim va unvonidan qatʼiy nazar huqubuzarliklar profilaktikasi, tergov (surishtiruv), tezkor qidiruv sohalarida kamida bir yil, hududiy ichki ishlar organlari boshligʼi lavozimida kamida ikki yil amaliy ish tajribasiga ega boʼlgan xodimlar qatnashish huquqiga ega; Maʼlumot uchun 71-281-92-12, 71-281-91-18 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.