TOSHKENT SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSH BOSHQARMASI

Giyohvandlik va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent shahar IIBB Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish faktlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish borasida samarali ishlarni davom ettirmoqda.Joriy yilning 6 mart kuni Yangihayot tumanidagi «Yangihayot» yo‘l patrul xizmati maskanida “Lacetti” rusumli, davlat raqam belgisi 20 H 699 FA avtomashinasi to‘xtatilgan. Mazkur avtomashina yo‘lovchisi 34 yoshli Abdulaziz Sh. xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yonidan 200 gramm «gashish» giyohvandlik moddasi topilib, ashyoviy dalil sifatida olingan.Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.Shuningdek, shu kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy saqlagan 36 yoshli Muxlisa A. qo‘lga olingan. Fuqaro xolislar ishtirokida tekshirilganda, 50 dona “Zardeks” va 24 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari, 1 gramm «gashish» giyohvandlik moddasi va elektron tarozi topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251 prim 1-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

16 Mart 2024 Yil

336

Interaktiv xizmatlar

Text to speech