Terrorchilik harakatlari joy, o’lka va millat tanlamaydi. Terroristlar ko’pincha aholi ko’p yig’iladigan joylarni, metro, kinoteatrlar, maktab binolarini tanlab oladilar, oqibatida esa umuman begunoh bo’lgan odamlar qo’lga olinadi, jabrlanadi. Terrorchilar o’zlarining yovuz maqsadlariga erishish uchun boshqaruv organlarining oldiga qo’ygan shartlariga ko’ndirish maqsadida garovga olingan begunoh kishilardan foydalanadilar.

UNUTMA!
Har qanday holatda xotirjamlikni saqla va hushyorlikni yo’qotma, - bu esa xavfsizlik garovidir.