YONG’INNING OLDINI OLISH UNI O’CHIRISHDAN OSON!
Yong’inni oldini olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qiling:
  • Yonuvchi narsa va suyuqliklar olovdan va isitish asboblaridan uzoqda saqlanishi kerak;

  • Nosoz elektr asboblaridan foydalanish mumkin emas;

  • Bir nechta elektr asboblari vilkalarini bir razetkaga birdaniga tiqma;

  • Gugurt o’yinchoq emas, buni doimo yodda tut;

  • Yong’in sodir bo’lib qolsa uydan tez chiqishga halaqit bermasligi uchun zina maydonchalari, balkon ortiqcha buyumlardan xoli bo’lishi kerak;

  • Transport vositalarida ham yong’in xavfsizligi qoidalariga amal qil;

  • Transport vositalarida yonuvchan moddalarni olib yurish taqiqlanadi, yengil alangalanuvchan suyuqliklarni yo’lovchilar ko’p vagonda tashish juda xavfli;

  • Uyda iloji bo’lsa ixcham o’t o’chirgich hamda telefon oldida avariya xizmatlari telefon raqamlari ko’rsatilgan qo’llanma osig’liq turishi lozim.