Sirena korxonalarning va transport vositalarining uzib-uzib gudok chalishi “DIQQAT BARCHAGA!” degan ma’noni anglatadi. Bu signalni eshitgach radio, televideniya, radiokarnaylarni yoq va favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabarini tingla.

Bu boshqarmaning ko’rsatmalari bo’yicha qat’iy ish tut. Har qanday vaziyatda o’zingni yo’qotma, vahimaga tushma.