Yangi planshetga ega bo'ling!!!


     Xalqaro ofatlar xavfini kamaytirish kuni arafasida O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O'zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi tabiiy ofatlar natijasida vujudga kelgan favqulodda vaziyat sharoitida to'g'ri harakat qilish borasidagi eng yaxshi bilimlar tanlovini e’lon qilishmoqda. 

     Tanlov shartlari:

1) Berilgan 20ta test savollariga to'g'ri javobni tanlang. Testlar yechimiga ajratilgan vaqt cheklangan bo'lib, har bittasiga 40 soniya ajratilgan;
2) Testlarni yechib bo'lganingizdan so'ng “Jo'natish” tugmasini bosing va so'rovnomaga shaxsiy ma’lumotingizni kiriting;
3) Tanlovda 2016-yil 13-oktabrdan -  20-oktabr kuni soat 16:00gacha ishtirok etish mumkin.

      To'g'ri javob berganlar orasidan qur'a tashlash yo'li bilan 20 nafar ishtirokchi tanlab olinadi, ular:
a) Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqarolik muhofazasi Institutini zilzilalarni simulyatsiya qilish Markaziga tashrif buyurishadi va u yerda seysmologiya rivojining tarixi haqida barcha ma'lumotlarga ega bo'lishadi;

b) ekspozitsiya bilan tanishadilar, sayyoraning turli nuqtalarida yuz bergan yirik zilzilalar haqida ko'plab qiziqarli ma'lumotlarni oladilar;

c) maxsus jihozlangan zilzilalar simulyatorida 9 balli yer osti silkinishi kuchini his qiladilar;

d) bosh sovrin – planshetga ega bo'ladilar!


     Joriy yilning 22-oktabr, shanba kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi saytida tanlab olingan ishtirokchilar ro'yxati joylashtiriladi.

    Mukofotlarni topshirish va ekskursiya seshanba, 25 oktabr kuni bo'lib o'tadi.


    Tanlovning saralash bosqichi boshlandi!


    Hammaga omad!!!