TOSHKENT SHAHAR ICHKI ISHLAR BOSH BOSHQARMASI

Olmazor tumani 3-sektor tomonidan yoshlar muammolarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida

Joriy yilning 29-fevral kuni “Yoshlar ijodiyoti” saroyida Bosh boshqarma boshlig‘i raisligida “2024-yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgan edi. Majlis davomida berilgan ko‘rsatmalarga asosan Olmazor tumani “Namuna” mahallasida qator ishlar amalga oshirildi.Jumladan, yoshlar muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahar ichki ishlar organlarining masʼul rahbarlardan iborat masʼullar belgilandi. Masalan, mahalla hududidagi ko‘chalar taqsimlanganda “Anhor” va “chuvalachi” ko‘chalaridagi 58 ta xonadonlarda istiqomat qiluvchi yoshlari Bosh boshqarma Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik D.M.Ergashevga biriktirildi.O‘tkazilgan xatlov natijasida ushbu ko‘chalarda 154 nafar yoshlar istiqomat qilishi maʼlum bo‘ldi, ular 7 toifaga ajratildi. Unga ko‘ra 3 nafar og‘ir toifadagi, 1 nafar ishsiz va qolganlari yashil toifada bo‘lgan yoshlar ro‘yxati shakllantirildi.“Anhor” va “chuvalachi” ko‘chalari yoshlar bilan manzilli ishlash maqsadida ular istiqomat qiladigan xonadonlar bo‘yicha uyma-uy yurilib, tushuntirish ishlari olib borildi. D.M.Ergashevning tashrif qog‘ozlari tarqatildi. Shu bilan birga, telegram ijtimoiy tarmog‘ida yoshlar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularni qiziqtirayotgan savollariga javob berish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida anhorchuvalachiyoshlari guruhi tashkil etildi.Bundan tashqari, bir necha marotaba “Anhor” va “chuvalachi” ko‘chalari yoshlari bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, ularni qiynayotgan muammolar o‘rganildi. O‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida, bugungi kunda taʼlim olish, sog‘liqni tiklash va boshqa masalalarda kamchiliklari yoshlarning ro‘yxati shakllantirildi.Shu bilan birga, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi “VAQF” xayriya jamoat fondi tomonidan “Namuna” MFYda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.Shu bilan birga “Anhor” va “chuvalachi” ko‘chalarida istiqomat qiluvchi xorijiy tillarni o‘rganish istagidagi yoshlar ro‘yxati shakllantirildi. Ular uchun Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, shuningdek, mahalladagi sportga qiziquvchi yoshlar uchun, xususan, sportning futbol va voleybol turlari bo‘yicha murabbiylarini jalb qilgan holda mahalladagi22-son umumtaʼlim maktabi sport maydonida mashg‘ulotlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

9 Aprel 2024 Yil

198

Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Ramazon hayitining birinchi kuni 10 aprelga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatga olib, 2024 yilning 10 aprel kuni poytaxtimizdagi 125 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda.Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida 10 aprel soat 00:00 dan 7.30 gacha poytaxtning quyidagi ko‘chalari va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi:🔻Mirzo Ulug‘bek tumani :"To‘ra buva" masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi - Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li - Sultoniya ko‘chasigacha.🔻Bektemir tumani :“Xo‘ton”" masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi - Xusayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.🔻Olmazor tumani:“Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi - KXAY– Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon - Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha."Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.🔻Shayxontohur tumani:“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza –Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha."Xo‘ja Alambardor" masjidi oldidagi Bunyodkor - Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon - Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.“Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.🔻Chilonzor tumani:“Ubay ibn Kaʼb” masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha."Katta Qozirobod" masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha.“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.“Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.🔻Uchtepa tumani:“Abdulloh ibn Maʼsud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qaʼni ko‘chalari chorrahasigacha."Hazrati Ali” masjidi Nazarbek-Mahorat ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.🔻Yunusobod tumani:“Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.“Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.🔻Yakkasaroy tumani:“Usmon bin Maʼzun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.🔻Yashnobod tumani:“Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha."Ali ibn Abu Tolib" masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi - Imom Buxoriy - Cho‘lpon ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘lpon - Salohiyat ko‘chalari chorrahasigacha.🔻Mirobod tumani:“Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.Fuqarolarimizdan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz.

9 Aprel 2024 Yil

1227

Interaktiv xizmatlar

Text to speech