28 Yanvar 2023 Yil 678

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining faollar zalida yigʼilish boʼlib oʼtdI

27 yanvar kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining faollar zalida Prezident maslahatchisining oʼrinbosari Ulugʼbek Muhammadiev va Prezident Аdministratsiyasi masʼul xodimi Farhod Аzizov, Toshkent shahar hokimi v.b Baxtiyor Rahmonov, hokim oʼrinbosalari, tuman hokimlari va ularning oʼrinbosalari hamda shahar va tumanlar sektorlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida yigʼilish boʼlib oʼtdi.
“Hududlarda aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni oʼrganish hamda hal etish boʼyicha sektor rahbarlari masʼuliyatini oshirish, shuningdek, murojaatlar bilan ishlash va aholi muammolarini hal etishda mahallalar kesimida “xonadonbay” ish tashkil qilish” mavzusidagi tadbirda shu yoʼnalishlarda poytaxtimizda hozirgacha qilingan ishlar, ijobiy natijalar, yoʼl qoʼyilgan xato va kamchiliklar tahlil qilinib, bu borada samaradorlikka erishish masalasi koʼrib chiqildi. Mutasaddilar oldida turgan muhim vazifalarga eʼtibor qaratilib, ularni oʼz vaqtida sifatli amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Toshkent shahar hokimligi

Barcha yangiliklar

Text to speech