17 May 2023 Yil 1852

Uchtepa tumanida voyaga yetmagan piyoda ishtirokidagi YTH haqida maʼlumot

2023 yilning 16 may kuni taxminan soat 19:00 larda Uchtepa tumani, Lutfiy ko‘chasida, haydovchi 1992 yilda tug‘ilgan M.A. ishonch qog‘ozi asosida «Matiz» rusumli, davlat raqam belgisi 01 X 992 CB bo‘lgan avtomashinada harakatlanib, tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada piyoda, 2011 yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi E.Q. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Uning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech