14 Fevral 2023 Yil 596

Tirnoq olish moslamalarini o‘g‘riligi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Shayxantohur tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 3 fevral kuni tunda, noma'lum shaxs avtoturargohda qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashinadan umumiy qiymati 2.500.000 so‘mlik 228 dona tirnoq olish moslamalarini o‘g‘irlab ketganligi ma'lum bo‘lgan.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 21 yoshli Asadbek R. aniqlanib, qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech