2 Fevral 2023 Yil 1414

Mirobod tumanida sodir bo'lgan YTH haqida ma'lumot

2023 yil 2-fevral kuni soat 13:30 atrofida Mirobod tumani Tolimarjon ko‘chasida “Elektroapparat” zavodi ro‘parasida 2000 yilda tug‘ilgan K.Yu. boshqaruvida bo’lgan “Labo” rusumli transport vositasi (davlat raqami 01 598 FHA) hamda 2003 yilda tug'ilgan U.M. boshqaruvida bo’lgan “Matiz” rusumli avtomashina (davlat raqami 01 Т 061 ТВ)lar ishtirokida YTH sodir bo’lgan.

Zarba natijasida “Matiz” rusumli avtomashina boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 1988 yilda tug'ilgan A.K.ga tegishli “Spark” rusumli avtomashina (davlat raqami 01 A 389 PB) bilan to‘qnashib ketgan.

Hodisaning dastlabki sababi: “Labo” rusumli avtomashina haydovchisi harakatlanish ustuvorligiga ega bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashina haydovchisiga yo‘l bermay, burilish manyovrini amalga oshirgan.

To‘qnashuv natijasida “Labo” rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech