1 Март 2022 йил 1691

Talonchilikda gumon qilingan shaxs qamoqqa olingan

25-fevral kuni soat 05:00 larda Chilonzor tumanida noma’lum shaxs ijaradagi хonadonda yashovchi 22 yoshli Qodirjon A.ga hujum qilgan. Gumonlanuvchi kuch ishlatib, Qodirjondan ikkita uyali telefon, 1200 AQSh dollar va 35.000.000 so‘m pulini olib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi (“Talonchilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi 29 yoshli Azamat N. aniqlanib, qo‘lga olindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech