3 Март 2022 йил 2023

Qisqa vaqt ichida avtomobildan o'g'irlik fosh etildi

26-fevral kuni soat 07.30 larda Sergeli tumanida noma’lum shaxs 30 yoshli Otabek A.ga tegishli “Spark” rusumli avtomashinaning yon oynasini sindirib, videokuzatuv kamerasi va “antiradar” moslamasini o‘g‘irlab ketgan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi shaxs aniqlanib, ertasi kuniyoq 36 yoshli A’zamjon M. qo‘lga olindi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Барча янгиликлар

Text to speech