11 Fevral 2025 Yil 1174

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda begona ayol maktab o‘quvchisining qo‘lidan ushlamoqchiligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 10 fevral kuni taxminan soat 14.00 larda Bektemir tumani, Bilol Nozim ko‘chasida joylashgan bekat oldida, 1990 yilda tug‘ilgan, muntazam ravishda ruhiy-asab kasalliklari dispanserida davolanib turuvchi R.Ch., o‘ziga begona bo‘lgan maktab o‘quvchisini oldiga kelib muloqotga kirishgan. Shubhali ko‘ringan ayol mahalla fuqarolarini ko‘rib, ketib qolgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ayol ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: