21 Mart 2025 Yil 1935

Qo‘shimcha ma'lumot

Yakkasaroy tumanida sodir etilgan jinoyat bo‘yicha olib borilgan tergov harakatlari davomida 1995 yilda tug‘ilgan Akmal Shukurov tergovdan qochib yashiringanligi sababli unga nisbatan sirtdan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi ("Bezorilik") va 104-moddasi ("Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish") bilan ayb e'lon qilinib "Qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llanib, qidiruv e'lon qilinganligi va Qozog‘iston Respublikasida ushlanganli haqida xabar bergan edik.

Hozirda Akmal Shukurov Qozog‘iston Respublikasidan Toshkent shahriga ekstradisiya qilinganligini va tergov harakatlari davom etayotganligini ma'lum qilamiz.

Mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari to‘liq va xolisona olib borilib, qonun ustuvorligi va jinoyat uchun jazo muqarrarligi ta'minlanadi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: