4 Oktyabr 2024 Yil 789

Og‘ufurushlikka chek qo‘yilmoqda

       Toshkent shahri hududida joriy yilning 20 sentyabridan giyohvandlik va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurash oyligi izchil davom ettirilmoqda. Oylik doirasida poytaxt IIBB, DXX, prokuratura, Milliy gvardiya hamda Uchtepa tumani IIO FMB xodimlarining hamkorlikdagi tadbirlari natijasida, tumanda yashovchi Sh.N.ning xonadoni ko‘zdan kechirildi. Tekshiruvda xonadon egasining tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan 3 tup,  2 qop, 2 ta sellofan paket, 1 gugurt qutisi, 1 ta qog‘oz o‘rami, shuningdek yerto‘lada 12 ta 3 litrlik bankada, 6 ta o‘ramda  yashil rangli, o‘tkir hidli  o‘tsimon moddalarni saqlab kelganligi maʼlum bo‘ldi. To‘plangan hujjatlar Tergov bo‘limiga taqdim etilgan.


        Shuningdek, oylik doirasida Chilonzor tumani IIO FMB tezkor qidiruv xizmati xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida yana bir jinoyatga chek qo‘yildi. Tumanda joylashgan sport zalining masʼul xizmatchisi, 1987 yilda tug‘ilgan Sh.ning yonidan 2 dona polietilen paketga solingan o‘tkir hidli, oq kukunsimon modda topildi. Mashg‘ulotlar zalining dam olish xonasi ko‘zdan kechirilganda 1 dona mumiyosimon modda solingan polietilen paket, elektron tarozi, o‘tkir tig‘li pichoq va ichki qismida jigarrang dog‘lari bo‘lgan yelim idish huquq-tartibot idoralari xodimlari eʼtiboridan chetda qolmadi. Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar tuman IIO FMB Tergov bo‘limiga taqdim etilgan.


Yuqoridagi qad etilgan har ikkala holat yuzasidan Tergov bo‘limlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech