21 Sentyabr 2024 Yil 384

IIO xodimalari o‘rtasida voleybol musobaqasi yakunlandi

      Joriy yilning 17-20 sentyabr kunlari sportning voleybol turi bo'yicha Toshkent shahar IIBB boshqarmalari va tumani IIO FMB larda xizmat qilayotgan ayol xodimalar birinchilik uchun o‘zaro bellashishdi.

     20-sentyabr kuni bo'lib o'tgan final bellashuvida Sergeli tumani jamoasi 3-o'rinni egallagan bo'lsa, 2-o'rin Yakkasaroy tumani jamoasiga nasib qildi. Barcha jamoalardan ustunlik qilgan Toshkent shahar IIBB boshqarmalaridan tashkil topgan Markaziy apparat terma jamoasi esa 1-o'rinni qo'lga kiritdi. 

     Jamoalar hisobida:

- Sergeli 2:0 Uchtepa

- Markaziy apparat 2:0 Yakkasaroy hisoblarda bellashishdi.

     Musobaqa yakunida poytaxt IIBB rahbariyati tomonidan g'olib va sovrindorlarga diplom, medal va esdalik sovg'alari topshirildi.

     Barcha kuchli uchlik jamoalari a'zolari esa saralanib musobaqaning Respublika bosqichiga yo'l oladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech