27 Yanvar 2024 Yil 27

«Yashil»ga oz qoldi

Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi «Posira» mahallasida 6500 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Hududda maktabgacha ta’lim tashkiloti, oliy­goh, litsey, umumta’lim maktabi hamda ko‘plab savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bor. 

Tuman IIOFMBga qarashli 4-sonli IIB profilaktika katta inspektori, kapitan Qosim Tasibayev huquq-tartibotni saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlashga mas’ul. U ushbu mahallada 4 yildan buyon xizmat vazifasini bajarib kelmoqda. 

– O‘tgan yili avvalgi yilga nisbatan mahallamizda tan jarohati yetkazish, bezorilik, o‘g‘rilik, firibgarlik, oilaviy nizolar birmuncha kama­yishiga erishildi. Ayrim jinoyat turlari, deylik, yoshlar bilan bog‘liq jinoyatlar umuman kuzatilmadi, – deydi kapitan Qosim Tasibayev. – Shu sababli o‘tgan yil yakuniga ko‘ra mahalla «sariq» toifadagi hudud toifasiga kiritildi. Mahalla faollari bilan hamjihatlikda ishlash asnosida, ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilashni maq­sad qilganmiz. Joriy yilda mahallamiz «yashil» toifaga o‘tishiga ishonaman. Bu­ning uchun imkoniyatlarimiz yetarli.

Mahalla azaldan tarbiya maskani, mehr-oqibat, ahillik va totuvlik o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Profilaktika inspektorining mahalla faollari, jamoatchilik bilan hamkorlikda ishlashi natijani ta’minlashi shubhasiz.



© POSTDA – На посту

Barcha yangiliklar

Text to speech