27 Yanvar 2024 Yil 21

«Yurak» to‘xtovsiz urib turibdi

Navbatchilik qismini ichki ishlar organlarining yuragiga, mengzashadi. Chindan ham, inson yuragi to‘xtovsiz urib turgani kabi, navbatchilik qismi xodimlari ham tun-u kun xizmatda. Bu yerda bir soniya bo‘lsa-da, ish to‘xtamaydi. 

Tumandagi 14 ta mahallaga xizmat ko‘rsatadigan 2-sonli IIB Navbatchilik qismida ayni kunlarda sutkalik murojaatlar soni 15–20 tani tashkil qilmoqda. Vaziyatga qarab, ba’zan bu ko‘rsatkich o‘zga­rishi mumkin. 

– Bizga asosan oilaviy janjallar, o‘zaro kelishmovchiliklar, qarz munosabatlari borasidagi masalalar, bezorilik holatlari bo‘yicha murojaatlar bo‘lmoqda, – deydi Navbatchilik qismi katta navbatchi-inspektori, kapitan Mehrojiddin Ismadiyorov. 

Navbatchilik qismi xodimlari faoliyatini kuzatar ekanmiz, ular tezkorlik va aniqlikka katta ahamiyat berishiga amin bo‘ldik. Ularning xiz­mat vazifasini sidqidildan bajarishi e’tiborimizni tortdi. Shunga hamohang tarzda, navbatchilik qismida barcha zurur sharoitlar yaratilgan. Xodimlar zamonaviy axborot texnologiyalaridan foyda­lanishi mukammal darajada bo‘lishi hisobga olinib, texnik kamchiliklar bartaraf etilgan. Aloqa vositalari ham yetarli darajada. Bu, albatta, xizmat samaradorligida muhim omil bo‘lmoqda.

© POSTDA – На посту

Barcha yangiliklar

Text to speech