20 Dekabr 2023 Yil 1755

Jinoyatga jazo muqarrar. Ushbu shaxslardan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBBga xabar bering

 Poytaxtda Toshkent shahar IIBB va hamkor tashkilotlar tomonidan o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning “Dolzarb qirq kunligi” doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan quyidagi shaxslar ushlanib, gumon qilinuvchi tarzida jalb etilgan:


1.     1985 y.t. Fayziyev Alibek Shaxrulloyevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi);

2.     1987 y.t. Nurmatov Aziz Nabidjanovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi);

3.     1990 y.t. Amonov Olimjon Shuxratovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi);

4.     1992 y.t. Qodirov Bohodir Akmal o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi);

5.     1992 y.t. Ismoilov Bobur Botir o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi);


       Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.


Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh aʼzolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech