2 Dekabr 2023 Yil 24778

Jinoyatga jazo muqarrar

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari doirasida bir qator jinoiy holatlar aniqlangan. Jumladan,

Toshkent shahrida “Sayidaziz medgorodok” laqabi bilan tanilgan 1987 yilda tug‘ilgan Saidaliyev Saidaziz Saidaglamovich sport bilan shug‘ullangan jismonan baquvvat bo‘lgan bir nechta shaxslarni o‘z atrofiga jalb qilib bir nechta jinoyatlarni sodir etgan. Xususan, qarzdorlik va boshqa muammolari bo‘lgan shaxslarni muammolarini qonunni chetlab o‘tgan holda hal qilib berish evaziga moddiy jihatdan manfaatdor bo‘lish, tahdidlar yo‘li bilan pul mablag‘larini noqonuniy qo‘lga kiritish, bezorilik va tamagirlik holatlari shular jumlasidandir.

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchi S.Saidaliyev va boshqa bir nechta shaxslarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxsdan yoki guruh aʼzolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-66, 71-206-49-46 yoki 102 raqamiga yoxud yaqin oradagi IIOga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.  

Unutmang, qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar!

Barcha yangiliklar

Text to speech