O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga 2025/2026-o‘quv yil uchun o‘qishga hujjat topshirish
istagida bo‘lgan, Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turib, yashab kelayotgan,
yoshi o‘n yettidan kichik (qabul yilida o‘n yetti yoshga to‘ladiganlar) va
yigirma beshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan, yigirma besh yoshdagi umumiy
o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ma’lumotga ega fuqarolar
2025-yilning 15-fevral kuniga qadar
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va
kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga murojaat etishlari mumkin.
Bunda, erkak nomzodning bo‘yi 165
santimetrdan, ayol nomzodning bo‘yi
160 santimetrdan past bo‘lmasligi talab etiladi.
Akademiyada o‘qish muddati uch yil bo‘lib,
ichki ishlar organlarining quyidagi mutaxassislarni tayyorlab beradi:
- Tezkor-qidiruv faoliyati;
- Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati;
- Ekspert-kriminalistika faoliyati;
- Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati;
- Probatsiya faoliyati;
- Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik
ta’minlash faoliyati;
- Tashkiliy-shtab yo‘nalishlari bo‘yicha.
O‘qishni tamomlagan kursantlarga yurist
malakasi va leytenant maxsus unvonlari beriladi.
Akademiyaga o‘qishga qabul qilish tanlov, teng
huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida amalga oshirilib, u o‘z
ichiga dastlabki tanlov, maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy
suhbatni oladi.
Bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan
nomzodlar keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.
Dastlabki tanlov o‘z ichiga hujjatlarni
to‘plash, o‘rganish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlarini olib, ichki
ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus kasbiy tanlov o‘z ichiga hujjatlarni
o‘rganish, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik
darajasini baholash va chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash
jarayonlarini olib, Akademiyada qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan
mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘z ichiga
Huquqshunoslik, O‘zbekiston tarixi va Tarbiya fanlaridan nomzodlarning bilimini
baholash jarayonlarini olib, akademiyada qabul komissiyasi tomonidan amalga
oshiriladi.
Eslatma: Akademiyaning kunduzgi ta’lim
shakliga o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar umumiy
kvotaning o‘n foizi bo‘yicha qabul qilinadi!
Manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Sayid
Baraka ko‘chasi, 7-uy.