19 Sentyabr 2025 Yil 468

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev, Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Mirsadiqov Dilmurod Mirxamdamovich, shuningdek, podpolkovnik Abdurashid Ochilov ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordilar.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning:

“Qonun ustuvorlikka erishilsa, adolat barqaror bo‘lsa, jinoyatchilikka o‘rin qolmaydi”,

— degan so‘zlari tadbir mazmun-mohiyatiga asos qilib olindi.

Tadbir “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida tashkil etilib, unda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar, kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar shuningdek huquqiy savodxonlikni oshirish va maʼnaviy tarbiya masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida yoshlarga jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, huquqiy bilimlarni mustahkamlash zaruriyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javob oldilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech