13 Yanvar 2026 Yil 2711

“Zakovat” o‘yinlari g‘oliblari aniqlandi

Toshkent shahar IIBB tomonidan “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan turli ma’rifiy-madaniy tadbirlar o‘tkazish an’anaga aylangan. Mazkur tantana arafasida poytaxt IIBB xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini yuksaltirish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalari va tafakkur salohiyatini oshirish hamda iqtidorlarini namoyon etishlari, hamkasblariga ibrat bo‘lishlari, shuningdek, bilimga intiluvchan xodimlarni munosib rag‘batlantirish, qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Unda Bosh boshqarma tarkibiy tuzilmalari hamda hududiy bo‘linmalarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar: 6 nafardan iborat bo‘lgan 32 ta jamoalar qatnashdi. Yosh xodimlar ushbu musobaqada o‘zaro bilimdonligi hamda idroklarini namoyon etishdi. Hakamlarning diqqat va e’tibor bilan kuzatuvlari ostida kechgan qizg‘in bahslar yakuniga ko‘ra 1-o‘rinni Bosh boshqarma Patrul-post xizmati brigadasi, 2-o‘rinni Bosh boshqarma terma jamoasi, 3-o‘rinni Olmazor tumani IIO FMB bilimdonlari jamoasi qo‘lga kiritdilar. G‘oliblarga Bosh boshqarmaning diplomlari hamda pul mukofotlari topshirildi. Mazkur tadbir yoshlarni ilhomlantirib, bilim va madaniy saviyalarini oshirishga, o‘z ustida ishlash, dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech