Yangihayot tuman IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar tomonidan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida tadbir o‘tkazildi
Yangihayot tumanida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda tuman IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar, “Tashabbus” mahallasi ayollari ishtirok etdi.
Tashkilotchilar tomonidan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya va boshqa huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Tadbirda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yana-da oshirish, gender tengligini taʼminlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mazkur tadbir davomida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish mavzusiga oid videorolik, slaydlar ishtirokchilarga namoyish etildi. Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan javoblar oldilar.