16 Avgust 2023 Yil 1189

Yangihayot tuman IIO FMB xodimlarining faoliyati haqida

Toshkent shahrida kriminogen vaziyat barqarorligini ta'minlash, huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikni barvaqt aniqlash borasida poytaxt ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bir qator maxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

 Navbatdagi manzil Yangihayot tumani bo‘lib, tadbirda Toshkent shahar IIBB va tuman IIO FMB mas'ul xodimlari, shuningdek tumanning tegishli idora mas'ullari, mahalla beshligi va jamoatchilik vakillari jalb qilindi. Kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarga alohida e'tibor qaratildi. Jumladan, 193 ta notinch oilalar xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlar tomonidan o‘rganildi, shundan 62 ta muammolar aniqlanib, ro‘yxatlari shakillantirildi, 16 ta ajrim yoqasidagi oilalarning nizolari bo‘yicha individual profilaktik suhbatlar olib borilib, 6 ta notinch oilaga himoya orderi rasmiylashtirildi.

Profilaktik targ‘ibot tadbirlari doirasida kiberjinoyat, firibgarlik va o‘g‘rilik kabi jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha tayyorlangan flaer va bukletlar axoliga tarqatildi. 

Tadbir davomida ko‘cha jamoat joylarida yurish-turish qoidalariga rioya etmagan 495 nafar fuqarolarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 

Tuman probasiya xizmati hisobida turgan 250 nafar mahkumlar ish hamda yashash joylarida tekshirildi va oilaviy sharoiti o‘rganildi. Tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, tuman hokim yordamchilari va Yangixayot tuman IIOFMB Probasiya guruhi bilan hamkorlikda “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi, natijada 14 nafar shaxs ish bilan ta'minlandi.

Yangihayot tumani ko‘chalarida harakatlanayotgan transport vositalarini tekshirish jarayonida jami 1 814 ta yo‘l harakati qoidabuzarliklari va 335 ta qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli tartibda ma'muriy choralar ko‘rildi.

Bugungi kunda poytaxt hududida jamoat tatibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash doirasida keng ko‘lamli tezkor va profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech