19 Sentyabr 2023 Yil 1091

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Imom al-Buxoriy - hadis ilmining sultoni” mavzusiga bag‘ishlandi.  

Barchamizga maʼlumki, o‘zining “Al jome as-Sahih” asari orqali hadisshunoslikda inqilob qilgan Imom al-Buxoriy islom dunyosidagi eng buyuk muhaddislar ichida yetakchi o‘rinda turadi. U o‘ziga xos metodologiyaga asos solib, hadisshunoslikni yangi bosqichga olib chiqdi. Qolaversa, hadislarni ajratib, nisbatan mukammal to‘plamga asos solgan ilk muhaddislardandir. Imom Buxoriy yirik olimlardan biri bo‘lib, zehni o‘tkirligi va yodlash qobiliyatini kuchliligi bilan xalq orasida g‘oyat katta shuhrat qozongan. Manbalarda Imom Buxoriyning 600 mingga yaqin hadisni yod bilgani qayd qilingan. Imom Buxoriyning to‘plamlariga kiritilgan hadislar faqat islom taʼlimotiga tegishli umumiy qoidalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmaydi. Ular mehr-muhabbat, saxiylik, ota-onaga, ayollarga, kattalarga hurmat, yetim-yesirlarga muruvvat, faqir-bechoralarga himmat, vatanga muhabbat, mehnatsevarlik va halollik kabi haqiqiy insoniy fazilatlar hamda namunali tartibotlar majmuasidir. Unda nima yaxshi, nima yomon, nimalarni qilish kerak va nimalarni qilmaslik kerakligi haqida bayon etilgan.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi. 

Barcha yangiliklar

Text to speech