8 Yanvar 2024 Yil 3342

Ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz Toshkent shahar IIBBga murojaat qiling

Ijtimoiy tarmoqlarda “Paynet” shahobchasida plastik kartaga pul tushirib, lekin naqd pulni bermasdan qochib ketayotgan shaxsning videosi tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida quyidagilar aniqlandi.


Joriy yilning 3 yanvar kuni 1993 yilda tug‘ilgan Xusanov Kamron Xisrav o‘g‘li Olmazor tumanidagi “Paynet” shahobchasiga kirib, plastik kartasiga 682.000 so‘m miqdoridagi pulni o‘tkazishni so‘ragan. Aytilgan pul miqdori plastik kartasiga tushirilgandan so‘ng, K.Xusanov naqd pulni to‘lamasdan shahobchadan qochib ketgan.


Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (“Talonchilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxsdan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki uning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-49-44, 71-206-46-35 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: