23 Iyul 2024 Yil 2001

Tovlamachilik qilgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi

Shantaj yo‘li bilan tovlamachilik hollari, afsuski uchrab turibdi. Yaqinda bir erkak tovlamachilik va tahdidlar yo‘li bilan qizning fotosuratini axborot saytlaridan biriga  "firibgar" yozuvi ostida chiqarib yuborish bilan taxdid qilib, rasmlarini internet tarmog‘i orqali tarqatish bilan qo‘rqitib undan 7 million 500 ming so‘m pul mablag‘larini talab qilgan.

Jabrlanuvchi 29 yoshli Gulxayo A. Mirobod tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, uni qo‘rqitish yo‘li bilan pul talab qila boshlagan 37 yoshli Farrux X.ga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.

Ayolning arizasiga asosan, gumonlanuvchi pulni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi («Tovlamachilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: