10 Yanvar 2026 Yil 1251

Toshkent shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida Olmazor tumani "Qichqiriq" mahallasida sodir etilgan jinoyatlarning muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda jinoyat sodir etilishining obyektiv va subyektiv sabablari muhokama qilinib, mas’ullardan tushuntirishlar so‘raldi.

Tahlillarga ko‘ra, tumanning "Qichqiriq" mahallasida 2025 yilning 12 oyida 8 ta jinoyat qayd etilgan, shundan 4 tasi oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlarni tashkil etgan.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda, "Qichqiriq" MFY "mahalla yettiligi" va "ijtimoiy profilaktika"ga mas’ul bo‘lgan mutasaddilarga mahalladagi yoshlar, xotin-qizlar, muqaddam sudlanganlar va ishsizlar jinoyatchiligini oldini olish maqsadida ularning bandligini ta’minlash, ular bilan individual profilaktik tadbirlar o‘tkazish, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari o‘rganilib, hal etilishi yuzasidan ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech