9 Mart 2024 Yil 4246

Toshkent shahrida “Taroveh” namozi o‘qiladigan masjidlarda harakat xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida harakat cheklanadigan ko‘chalar to‘g‘risida

Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! Muqaddas Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan joriy yilning 10 mart kunidan boshlab har kuni soat 19.00 dan 24.00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi.

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:

— Tepa masjidi Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar.

Bektemir tumani bo‘yicha:

— Alibek masjidi M.Avezov ko‘chasidan Xusayin Boyqaro ko‘chasiga qadar.

Yashnobod tumani bo‘yicha:

— Islom ota masjidi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar.

— Ali ibn Abu Tolib masjidi Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar.

Mirobod tumani bo‘yicha:

— Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi Yangi Quyliq – Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor ko‘chasiga qadar.— Quyliq ota masjidi TXAY – Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar.

Sergeli tumani bo‘yicha:

— Maʼruf ota masjidi Choshtepa ko‘chasidan Chosh tepa 1-tor ko‘chasiga qadar.

— No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi Yangi Sergeli – No‘g‘ayqo‘rg‘on KXAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon chorrahasigacha.

Yakkasaroy tumani:

— Usmon bin Maʼzum masjidi KXAY – Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY – Qushbegi chorrahasigacha.

— Yakkasaroy masjidi Shota Rustaveli – Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy – Bog‘u bo‘ston chorraxasigacha.

— Rakat masjidi J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar.

Yangihayot tumani:

— Niyozmat ota masjidi TXAY – Binokor chorrahasidan Pastdarg‘on mahallasiga kirishga qadar.

Shayxontohur tumani bo‘yicha:

— Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och chorrahasigacha.— Kamolon masjidi Bunyodkor – Kamolon chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor chorrahasigacha.

Olmazor tumani bo‘yicha:

— Xasti Imom masjidi Nurafshon – Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy chorrahasigacha.

— Islomobod masjidi KXAY – Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon – Sag‘bon  chorrahasigacha.

— Do‘stjonboy (Sulola) masjidi Sag‘bon-Sag‘bon 12-tor chorrahasidan Keles yo‘li – Noraztepa chorrahasigacha.

Yunusobod tumani bo‘yicha:

— Mirza Yusuf masjidi Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasiga qadar.

Uchtepa tumani bo‘yicha:

— Abdullox ibn Masʼud (Katta Qani) masjidi Katta Qani aylanmasidan Lutfiy – Katta Xirmontepa ko‘chalari chorrahasigacha. — Xazrati Ali masjidi Nazarbek – Mahorat chorrahasidan Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chasigacha.

Chilonzor tumani bo‘yicha:

— Novza masjidi Bunyodkor – Muqimiy ko‘prigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha.

— Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy – Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasigacha.

— Ubay ibn Kaʼf (Bo‘rijar) masjidi Al-Xorazmiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha.

Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi. Fuqarolardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech