4 Dekabr 2023 Yil 3956

Qo‘shimcha maʼlumot

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlandi.

       Jumladan,

      1. 1983 y.t. Mirxojayev Mirsolix Mirkamolovich (165-modda 2-qismi, ko‘p miqdorda tovlamachilik, 277-moddasi 2-qismi bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);

      2. 1995 y.t. Shomurodov Laziz Yunus o‘g‘li (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);

      3. 1980 y.t. Samiyev Sherzod Latifovich (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);

      4. 1991 y.t. Akramov Akramjon Davlatboy o‘g‘li (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);

      5. 1996 y.t. Aliyev Azizjon Vali o‘g‘li (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);

      6. 1995 y.t. Bobonazarov Ravshan Abduraxmon o‘g‘li (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik).

      7. 1995 y.t. Muminov Behruz Xolmurod o‘g‘li (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);

      8. 1986 y.t. Yuldashev Anvar Baxtiyorovich (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);

      9. 1988 y.t. Umirzokov Dilshod Buribayevich (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);

      10. 1994 y.t. Usmanov Sirojiddin Inomjon o‘g‘li (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).

      Ushbu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan.

      Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

      Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh aʼzolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

      Unutmang, qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar!

Barcha yangiliklar

Text to speech