3 Dekabr 2023 Yil 16123

Qo‘shimcha maʼlumot

Toshkent shaxar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlandi.

Jumladan,

1. 1971 y.t. Qudratullayev Baxtiyor Zafarovich (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 276-modda 2-qismi, ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash);

2. 1980 y.t. Sharipov Dilshod Tulkinovich  (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);

3. 1972 y.t. Mirzaxanov Anvar Babarajabovich (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik).

     Ushbu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini qonunga hilof ravishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan.

    Jinoyat ishi doirasida  gumon qilinuvchi B.Z.Qudratullayev, A.B.Mirzaxanov, D.T.Sharipovlar protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.

    Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh aʼzolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

  Unutmang, qonun ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar!

Barcha yangiliklar

Text to speech