7 May 2024 Yil 3259

Shayxontohur tumani uchinchi sektor rahbari bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashd

Shayxontohur tumani 3-sektor rahbari – tuman IIO FMB boshlig‘i polkovnik Otabek Jamolov yoshlar va bitiruvchilar bilan joylarda sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvlar 3-sektor hududida joylashgan Ilg‘or, Mannon Uyg‘ur nomidagi mahallalarda bo‘lib o‘tdi.

Yigit va qizlar bo‘lajak kasbni tanlash, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olish haqida suhbatlashdi, ichki ishlar organlariga qanday ishga kirish mumkinligi bilan qiziqdi. Ular bevosita 3-sektor rahbariga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi.

Uchrashuvlarda yoshlarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish va ularni o‘ylantirayotgan boshqa muammolarga oid bir qator murojaatlar ham ko‘rib chiqildi. 


Barcha yangiliklar

Text to speech