Sergeli tumanida piyoda ishtirokida sodir bo‘lgan YTH haqida maʼlumot
2024 yilning 19 sentyabr kuni soat taxminan 13:45 larda Sergeli tumani, Fayzli Toshkent ko‘chasida, haydovchi 1983 yilda tug‘ilgan M.A. BYD rusumli, davlat raqam belgisi 01 444 VFA bo‘lgan avtomashinada harakatlanib, piyodani urib yuborgan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida voyaga yetmagan 2015 yilda tug‘ilgan L.S. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgan. Marhumaning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiramiz.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.