30 May 2025 Yil 584

Sayyor qabulda aholi murojaatlari yechim topmoqda

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan sayyor qabullar tizimi aholining talab va ehtiyojlarini qondirish, joylarda ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yana-da yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Poytaxtimiz aholisi uchun tashkillashtirilgan navbatdagi sayyor qabul Chilonzor tumani hokimiyati binosida bo‘lib o‘tdi. Chilonzor va Uchtepa tumanlari aholisini murojaatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan sayyor qabulda poytaxt IIBB rahbariyati va Toshkent shahar xalq qabulxonasi mudiriri tomonidan o‘tkazilgan qabulda mutasaddi tashkilotlar masʼullari ham ishtirok etishdi.

Sayyor qabul davomida jami 23 nafar fuqarolarning muammolari o‘rganildi. Ulardan 1 tasi oila turmush doirasida kelishmovchilik, 4 tasi ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish, xizmatni o‘tash va qayta tiklash yuzasidan, 8 tasi probatsiya hisobida turgan shaxslarni muddatidan ilgari shartli ozod qilish masalasida, 2 tasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish bo‘yicha, 1 tasi profilaktik hisobdan chiqarish masalasida2 1 tasi davolanish uchun moddiy yordam bo‘yicha hamda 6 nafari ichki ishlar organlari ish yurituvidagi hujjatlar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaat qildilar.

Murojaatlarning 10 tasi joyida ijobiy hal etildi, ko‘rib chiqish qo‘shimcha muddat talab etadigan 13 ta murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi. 2 nafar fuqaroga O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportini olishda amaliy yordam ko‘rsatildi. Poytaxtimizning Chilonzor va Uchtepa tumanlari IIO FMB Probatsiya xizmati hisobida turgan jami 8 nafar fuqarolar Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Bu kabi sayyor qabullar aholi va davlat organlari o‘rtasida ochiq muloqotni taʼminlash, muammolarni kechiktirmasdan hal etishda muhim qadam hisoblanadi. Ushbu tadbirlar fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda samarali ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech