20 Aprel 2025 Yil 1056

Rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro tomonidan sodir etilayotgann huquqbuzarlik aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 18 aprel kuni taxminan soat 19.40 larda Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasida joylashgan avtoturargohlardan birida o‘rnatilgan “tashvish tugmasi” bosilganligi haqida Toshkent shahar IIBB Qo‘riqlash boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan IIO xodimlari tomonidan aniqlanishicha, 1958 yilda tug‘ilgan X.S. mast holatda bo‘la turib, avtoturargoh qorovuli va boshqa fuqarolarni oshxona pichog‘i bilan qo‘rqitib, jamoat tartibini buzgan. So‘ng voqea joyidan qochib ko‘p qavatli uylardan biriga kirib ketgan. Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida fuqaro X.S. ushlanib, yaqin oradani IIBga olib borilgan.

X.S. tomonidan pichoq bilan hech kimga tan jarohati yetkazilmagan.

Mazkur holat yuzasidan X.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (“Mayda bezorilik”), 194 (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) va 185 prim 2 (“Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish”) moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudiga taqdim etilgan. Sud tomonidan ushbu shaxsga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Barcha yangiliklar

Text to speech