Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Xabaringiz bor, Mirobod tumanidagi Taras Shevchenko ko‘chasida turli taomlar va jonli ijrodagi musiqa hamohangligidagi “Mangal Fest” festivali o‘tkazilmoqda. Mazkur festival tinch va osoyishta o‘tishini ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar jalb qilingan. Biroq ayrim fuqarolar jamoat tartibini buzib o‘zaro janjallashganligi holati kuzatildi va shu yerda xizmat olib borayotgan Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ushbu janjal to‘xtatib qolindi hamda og‘ir oqibatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Hozirda ushbu fuqarolarning barchasining shaxsi aniqlanib, profilaktik suhbat o‘tkazish maqsadida yaqin oradagi IIBga olib borildi.
Huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarga nisbatan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 hamda 194-moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Hujjatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun tuman sudiga yuborildi.